O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga tabrik yo‘lladi

“Hurmatli Serdar Gurbanguliyevich! O‘zbek va turkman xalqlari tarixidagi muhim va qutlug‘ sana – davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, qardosh Turkmaniston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, doimiy taraqqiyot va yanada farovonlik tilayman”,- deya qayd etilgan tabrikda.