Oʻzbekiston qiymati 633,1 mln dollarga teng boʻlgan 13 ta samolyot sotib olgan

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta samolyot import qilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilgan.

2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston samolyot import qilgan davlatlar qatorida Germaniya ro’yxatda birinchi bo’lgan.

Germaniya – 6 ta (421,7 mln)
Litva – 4 ta (66,7 mln)
Fransiya – 1 ta (64,3 mln)
Singapur – 1 ta (61,6 mln)
Buyuk Britaniya – 1 ta (18,8 mln AQSH dollari)