O'zbekiston Qozog'istondagi vaziyatdan saboq olishi kerak" A.G Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston saboq olishi kerakligini, chunki tartibsizliklar tashkilotchilari unga ko‘z tikib turganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u Qozog‘istondagi vaziyat nafaqat tashqi, balki ichki omillarga ham bog‘liq ekanligini aytdi.
Belarus prezidenti, shuningdek, Tojikistonni qo'llab-quvvatlashni, shu jumladan harbiy texnika bilan ta’minlashni taklif qildi.
Lukashenko KXSHT mamlakatlari har doim o'z kelishuvlariga sodiq bo'lgan Minskga tayanishi mumkinligini ta'kidladi.






