O'zbekiston qurilish materiallarini eksport rejasini 14 foizga oshirib bajardi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekiston 148,8 million dollar miqdorida qurilish materiallarini eksport qildi.
Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, 2021-yilning birinchi yarim yilligida sanoat korxonalariga xizmatlar va qurilish materiallarini 130 million dollar miqdorida eksport qilish topshirildi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda joriy yilning yanvar-iyun oylarida xizmatlar va qurilish materiallari eksportining umumiy hajmi 148,8 million dollarni tashkil qildi. Bu degani reja 14 foizga oshirib bajarilgan.






