O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari taqdirlandi

Prezident farmoni bilan mamlakatimizni rivojlantirish va Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo'shgan hissasi uchun fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san'at va ommaviy axborot vositalari xodimlari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillaridan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan hamkasblarimiz:

• Shayxov Qamariddin Qutbiddin o'g'li - "Qalampir.uz" veb-sayti bosh muharriri
• Altman Kirill Zaminovich - "Kirill Altman" xususiy korxonasi rahbari, blogger
• Zohidov Abror Olimovich - "Kun.uz" veb-sayti muharriri
• Nishonova Sevara Norjigitovna - "Daryo.uz" veb-sayti bo'limi muharriri
• Raxmankulov Sardorbek Usmonovich - "Darakchi" gazetasi muxbiri
"Do'stlik"ordeni bilan
• Xadjayev A'lo Maksumovich - O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi
• Xonimqulov Aliqul Julyevich - O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi

"Bright Uzbekistan" jamoasi nomidan hamkasblarimizni chin dildan tabriklab, ularga yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Mukofotlanganlarning to'liq ro'yxatini quyidagi havola orqali topishingiz mumkin