O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog’iston Respublikasining mustaqilligi munosabati bilan tabrik yo’lladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog’iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jo’mrot Toqayevga qutlovlar yo’llab, ularga va qardosh Qozog’iston xalqiga o’zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Maktublarda o’tgan davr mobaynida mamlakatda barqaror o’sishni ta’minlashga qaratilgan tizimli va keng qamrovli islohotlar natijasida bugungi kunda do’st Qozog’iston davlati barcha sohalarda yuksak taraqqiyotga erishayotgani qayd etilgan.