O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand shahrida oʼtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi birinchi uchrashuvni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan oʼtkazmoqda.

Uchrashuvda iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik - qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy mexanizmlar va qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.