O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

29 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo'lib o'tadi.

Tashrif dasturida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuvni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Muzokaralar kun tartibiga o'zbek-turkman do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko'p qirrali hamkorlik va mintaqaviy o'zaro aloqalarni kengaytirish masalalari kiritilgan.

Ikki mamlakat rahbarlari Turkmaniston rahbarining otasi Myalikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag'ishlangan tadbirlarda ishtirok etadilar.