O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati: haftalik reja

Ma'muriyat rahbarining o'rinbosari, O'zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbarining bir hafta davomida amalga oshiradigan rejalari bo’yicha navbatdagi brifingi bo'lib o'tdi, deya xabar beradi "Dunyo" axborot agentligi.

 

Prezidentimiz shu hafta texnik tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan taqdimot bilan tanishadi, sog'liqni saqlash sohasida islohotlar samaradorligini oshirish va raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga, shuningdek ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilashga bag'ishlangan videokonferensiya o'tkazadi.

 

Shuningdek, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti Anna Berde bilan audiensiya rejalashtirilgan hamda Yevropa Ittifoqining kuzatuvchi davlati rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etish rejaga kiritilgan.