O’zbekiston Respublikasi sanoatining asosiy ko’rsatkichlari

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 551,1 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,2 % ni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Navoiy (80 546,7 ming soʻm), Toshkent shahrida (36 873,8 ming soʻm) hamda Toshkent viloyatida (31 354,3 ming soʻm) oʻrtacha respublika darajasi koʻrsatkichidan (15 458,1 ming soʻm) ancha yuqori ekanini ko’rsatgan.