O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining bayonoti

2022-yil 5-iyul kuni soat 16.20 atrofida O‘zbekiston chegara hududiga Afg‘oniston hududidan otilgani taxmin qilinayotgan 5 ta reaktiv snaryad qulagani qayd etildi.
Qayd etish joizki, snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo‘lmagan, buning natijasida qurbonlar va vayronagarchiliklar kuzatilmagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor bo‘linmasi tomonidan zararsizlantirilgan.
Hozirda Oʻzbekistonning vakolatli organlari Afgʻoniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.






