O`zbekiston Respublikasi yangi elchisi BAA Prezidentiga ishonch yorlig’ini topshirdi

O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklarida Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov o'z ishonch yorliqlarini ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zaid al-Nahayonga taqdim etdi.

Tantanali marosim Abu-Dabidagi "Qasr Al-Vatan" prezident saroyida bo'lib o'tdi.

Qisqa suhbat davomida BAA Prezidenti yangi bosqichda O`zbekiston - BAA aloqalari jadallik bilan rivojlanib, yangi amaliy mazmun kashf etib borayotganini, shu bilan birga Amirlik rasmiylari Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishga tayyorligini maʼlum qildi.