O'zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar Kengashining yig'ilishi

Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni yakunida O'zbekiston-Saudiya Arabistoni qirolligi ishbilarmonlar Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Tadbirda bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Saudiya Arabistoni Qirolligining investitsiya vaziri Xalid al-Falix, O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida tomonlarning ko'p qirrali hamkorligi istiqbollari va o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun aniq harakat rejalari muhokama qilindi. 

Yig'ilish yakunida qator bitimlar imzolandi.