Oʼzbekiston “spetsnaz”i Dubaydagi musobaqada oltin medalni qoʼlga kiritdi

Oʼzbekiston jamoasi maxsus kuchlar musobaqasida sport toʼsiqlaridan eng tez oʼtib, Checheniston IIVning “Аxmat” jamoasini (2-oʼrin) va Qirgʼiziston maxsus kuchlari (3-oʼrin) jamoasini ortda qoldirib, eng yuqori pogʼonaga koʼtarildi.
UAE SWAT Challenge 2023 — huquqni muhofaza qiluvchi maxsus kuchlar oʼrtasidagi norasmiy jahon chempionati. Bu yil unda 28 davlatdan 57 jamoa ishtirok etmoqda. Rossiya Federatsiyasi sharafini 3 ta jamoa himoya qilmoqda, shuningdek, MDH davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etmoqda.






