Oʼzbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

Bugun, 21-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig’iga asosan Suriya Аrab Respublikasining zilziladan jabr koʼrgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.
Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki roʼyxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar boʼtqasi, odyol va yostiqlar, gigienik vositalar toʼplami singari zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
Insonparvarlik yuki yordamini samolyot orqali Oʼzbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.






