O'zbekiston - tadbirkorlar uchun ochiq imkoniyatlar davlati

Joriy yilning 23 iyul kuni O'zbekiston Respublikasining strategik rivojlanish agentligi va "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi o'rtasida hamkorlik bitimini imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi strategik rivojlanish agentligi direktori Laziz Qudratov va Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev ishtirok etdi.

Ushbu bitim davlat tashkilotlarining tadbirkorlar bilan ishlashda ochiqligi va shaffofligining ko'rsatkichidir.

Ushbu bitimda "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasini rivojlantirish, shu bilan birga O'zbekistonning brendi, imidji va investitsion jozibadorligini oshirish ko'zda tutilgan.

Tomonlar o'zaro hamkorlik bosqichlarini, rivojlanish strategiyasini muhokama qildilar va keyingi qadamlarning yo'l xaritasini tuzib oldilar.

Shuningdek, uchrashuvda "Media-Hub" loyihasi rejasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha media segmentining 4 ta muhim yo'nalishini o'z ichiga oladi va davlatimiz axborot-kommunikatsiya muhitini rivojlantirish yo'lida xizmat qiladi.