O'zbekiston tadbirkorlari uchun eng muhim masalalar - Biznesni moliyalashtirish, kreditlash va subsidiyalar

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-iyulidan 31-iyuliga qadar har bir tadbirkor o'z faoliyati bilan bog'liq savollar bilan bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.

Barcha arizalar avval tegishli xodimlar tomonidan ko'rib chiqiladi. Arizalar ma'qullangandan so'ng har bir tadbirkor prezident bilan dialog o'tkazishi mumkin.

Xususan, hozirgi paytda O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

1) Biznesni moliyalashtirish, kreditlash va subsidiyalar (1315 ta ariza)
2) Yer va bino ajratish masalalari (597 ta murojaat)
3) Biznesni boshlash yuzasidan g'oyalar (136 ta murojaat)

Ushbu ro'yxat 23-iyul holatiga ko'ra tuzilgan.