O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg'onistondagi vaziyat haqida bayonot berdi

Chegara hududida chegaralarni muhofaza qilish va tinchlikni saqlash masalalari bo'yicha Tolibon vakillari bilan yaqin aloqalar o'rnatilmoqda. Tolibonlarning inklyuziv hukumatni shakllantirishga tayyorligi to'g'risidagi bayonoti qo'llab-quvvatlanmoqda.

O'zbekiston tomoni Afg'oniston bilan an'anaviy do'stona va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini hamda qo'shni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillarini qo'llab-quvvatlashga sodiqligini qat'iy e'lon qiladi.

Ayni paytda O'zbekistonning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik missiyalari shtat rejimida ishlamoqda.

Xabarda aytilishicha, davlat chegarasining har qanday buzilishi O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq qat'iy jazolanadi.