Oʼzbekiston Tashqi ishlar vazirligi axboroti

2023-yil 6-fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga koʼra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok boʼlgan va jarohatlangan Oʼzbekiston fuqarolari boʼyicha maʼlumot kelib tushmadi.
“Turkiyaning bir qancha hududlarida koʼplab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab boʼlgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qaygʼu bilan qabul qildik. Halok boʼlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sogʼayib ketishini tilaymiz.
Oʼzbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Аnqaradagi Elchixonasi (+90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (+90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkin”,- deya qayd etiladi TIV xabarida.






