O'zbekiston-Tatariston hamkorlik ostonasida

Prezident Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi kunni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv bilan yakunladi.

Muzokarada Toshkent viloyatida qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma industrial park tashkil etish, kimyoviy, metall, elektrotexnika mahsulotlari va turli uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik korxonalar barpo etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy qilish loyihalari shular jumlasidan.