O'zbekiston terma jamoasi futbol bo'yicha 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmadi

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichida 16-iyun kechasi Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi va Qatarda bo'lib o'tadigan musobaqaning asosiy bosqichiga chiqa olmadi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi O'zbekistonni 3: 0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 25 va 33-daqiqalarda yarim himoyachi Salman al-Faraj dublga erishdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida yarim himoyachi Ali Al-Xasan uchinchi golni urdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilda ham turnirning asosiy bosqichiga chiqa olmadi.