O'zbekiston terma jamoasi Olimpiya o'yinlarining ochilish paradiga tayyor

Bir necha soatdan so‘ng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.
Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. Ma’lumki, paradda birinchi bo‘lib zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi hisoblanmish Gretsiya chiqib keladi.
Shundan so‘ng mezbon davlat alifbosi bo‘yicha davlatlar ketma-ketligi “Olimpiya stadioni”da ko‘rinish beradi. E’tiborlisi, O‘zbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan bo‘lib, tartib raqam bo‘yicha 25 o‘rindan joy olgan.






