O‘zbekiston tijorat banklarida eng foydali avtokreditlar reytingi

Reytingga koʼra, “Ipak yoʼli bank” va “Poytaxt bank” jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun eng past avtokredit stavkalarini, “Saderat bank” va “Mikrokredit bank” esa eng yuqori stavkalarni taqdim etgan.

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, mazkur reytingni tuzishda kredit shartlari – boshlang‘ich to‘lovi, foiz stavkasi, kredit muddati va miqdori kabi omillar inobatga olingan.

Hozirda 31 ta tijorat bankidan faqat 25 tasi birlamchi bozordan avtotransport vositalari xaridi uchun kreditlar taklif qilmoqda.

P.S. Reyting 2023-yil yanvar holatiga ko‘ra taqdim etilgan.