O‘zbekiston TIV rahbari O‘mon Elchisini qabul qildi

Bugun, 19-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizda diplomatik missiyasisini yakunlayotgan O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad al-Kasiriyni qabul qildi.
B.Saidov Elchining ikki tomonlama munosabatlar izchil taraqqiyotiga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
Elchi O‘zbekistonda ishlagan davrida (2019-2023) respublikaning jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng ko‘lamli islohotlarning guvohi bo‘lganini taʼkidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-O‘mon hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.






