O’zbekiston Turizmi Angliya telekanallarida

O’zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko’magida Milliy PR-markazi jahonda yirik BBC media korporatsiya bilan hamkorlikda O’zbekiston turizm salohiyatini Angliya telekanallarida namoyish etish loyihasini ishlab chiqdi.

Avvalambor, Videorolikda O’zbekistonning boyligi bo'lgan tarixiy obidalar, go’zal va zalvorli tog’lari, yashil vodiylari, o’z zamonaviy infratuzilmasiga ega bo’lgan shaharlari aks ettirilgan.

Reklama huquqlari asosida tayyorlangan videorolik “BBC WORLD NEWS” telekanalida Yevropa, AQSH va sharqiy Osiyo davlatlarida 2 hafta mobaynida 132 marta efirga uzatiladi.

P:S “BBC WORLD NEWS” – 200 dan ortiq mamlakatlarda 24 soat efirga uzatiladigan yirik yangiliklar telekanali sanaladi.