O‘zbekiston – Turkiya: insonparvarlik yordami ortilgan 6-samolyot yetib bordi

O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabariga ko’ra, O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami ortilgan 6-samolyot yetib bordi.

Yuborilayotgan yordam ichidagi zarur mahsulotlar ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar uchun bo’tqa tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.