Oʻzbekiston U-20 Jahon chempionatida Argentinaga qarshi toʻp suradi

Shveytsariyaning Syurix shahrida kelasi oy Argentinada start oladigan futbol bo’yicha U-20 jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Uning yakuniga koʻra, barcha jamoalar oʻz raqiblarini bilib oldi.
Qur’adan avval 3-savatchada bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon Argentina joy olgan “A” guruhidan o‘rin oldi. Osiyo chempionlari Argentinadan tashqari, Yangi Zelandiya va Gvatemalaga qarshi toʻp suradi.
Turnirda to‘rtta jamoadan iborat oltita guruh qatnashadi. Musobaqa 20-may kuni start olib, 11-iyun kuni oʻz nihoyasiga yetadi.
Mundialning ochilish oʻyinida Oʻzbekiston U-20 yoshlari mezbon Argentinaga qarshi maydonga tushadi.






