O’zbekiston uran ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 5-o’rinni egalladi

2021-yilda uran ishlab chiqarish bo’yicha butun dunyoda peshqadamlik qilgan davlatlarning ro’yxati e’lon qilindi. Ushbu reytingning 5-pog’onasida O’zbekiston qayd etildi.

O’tgan yili respublikada ishlab chiqarilgan uran hajmi 3 yarim ming tonnani tashkil etgan. Bu ko’rsatgich 2020-yilan buyon o’zgarmagan.

O’zbekistondan keyingi o’rinlardan Rossiya (2635 tonna), Nigeriya (2248 tona) va Xitoy (1885 tonna) joy olgan.

Ro’yxatning birinchi pog’onasida Qozog’iston qayd etilgan. Mamlakatda 2021-yil hisobi bo’yicha 19 yarim ming tonna uran ishlab chiqarilgan. Bu butun dunyoda ishlab chiqarilgan uranning 45% qismini tashkil etadi.

Shuningdek, ikkinchi o’rinda Namibiya (5753 tonna), uchinchi o’rinda Kanada (4694 tonna), to’rtinchi o’rinda esa Avstraliya (4192 tonna) turibdi.