O’zbekiston va BAA tadbirkorlari o’rtasida “B2B” formatda uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning, 15-fevral kuni Oʼzbekiston delegatsiyasininng BААga tashrifi doirasida Dubayning “Novotel Hotel Al-Barsha” mehmonxonasida O’zbekiston va Dubay tadbirkorlari o’rtasida B2B uchrashuvlar boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston tadbirkorlari tomonidan mahalliy mahsulotlar xorijiy tadbirkorlarga namoyish etilib, Birlashgan Arab Amirliklariga Oʼzbekiston mahsulotlarini yetkazib berish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yoʼlga qoʼyish boʼyicha muzokaralar olib borildi.