O'zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorligi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev Fransiya Senatining "Fransiya - Markaziy Osiyo" parlamentlararo do'stlik guruhi raisi Xervey Morey boshchiligida delegatsiyasi a'zolarini qabul qildi.
Suhbat chog'ida oliy martabali mehmon O'zbekiston xalqini mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, O'zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorligini yanada yuqori bosqichga ko'tarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini bildirdi.
Ta'kidlash joizki, ikki tomonlama parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 2008 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Fransiya Respublikasi Senati bilan hamkorlik bo'yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stona aloqalarni faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.






