O'zbekiston va Ispaniya tajribasi - xalqaro konferensiyasi

Joriy yilning 22 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida Ispaniyaning “WES” kompanisi, “OVIGEN” qo‘y va echkichilik assotsiatsiyalari federatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiyasi a’zolari hamda "Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish" uyushmasi mas’ul xodimlari ishtirokida xalqaro konfirensiya bo‘lib o‘tdi.

Konfirensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 4984-sonli qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada nasl ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish va bu borada xorijiy tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etildi.

Unda sohadagi amaliy hamkorlik loyiha va dasturlarini ko‘rib chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, hududlarda mayda shohli nasldor mollar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi qorako‘lchilik naslchilik jamiyatlari, naslchilik ilmiy tajriba stansiyalari hamda klasterlar faoliyati o‘rganilib amalga oshirilayotgan naslchilik-seleksiya ishlari va xorijiy tajribalar muhokama qilindi.