Oʼzbekiston va Misr hamkorligiga bagʼishlangan yangi kitob nashr etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Misrning “Аl-Hivor” siyosiy va axboriy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda “Oʼzbekiston va Misr hamkorligi” deb nomlangan yangi kitob nashr etildi.

Oʼzbekistonlik diplomat, JIDU Til taʼlimi markazi rahbari Lutfiddin Xodjayev hamda misrlik siyosatshunos Аhmad Tohir muallifligidagi kitob Oʼzbekiston va Misr oʼrtasida diplomatik aloqalar oʼrnatilganligining 30 yilligiga bagʼishlanadi.

Аsar uchta bobdan iborat boʼlib, ular “Oʼzbekiston va Misr: munosabatlarning yuqori bosqichga koʼtarilishi”, “Oʼzbekiston va Misr hamkorligining istiqbolli sohalari” hamda “Oʼzbekiston va Misr – oʼxshash yondashuvlar, mushtarak muammolar” deb nomlanadi.