Oʼzbekiston va Misr tashqi savdo aylanmasi raqamlarda

2022-yilda Oʼzbekistonning Misr bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 30,6 million АQSh dollarini tashkil etgan. Bu haqda, Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlarida qayd etilgan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida:
Eksport hajmi – 23,2 mln. АQSh dollari
Import hajmi – 7,4 mln. АQSh dollari
Eksportda eng yuqori ulushga ega:
Sanoat tovarlari – 19,6 mln. АQSh dollari;
Xizmatlar – 2,7 mln. АQSh dollari;
Mashina va transport asbob-uskunalari – 262 ming АQSh dollari;
Oziq-ovqat mahsulotlari va hayvonlar – 205 ming АQSh dollari.
Importda eng yuqori ulushga ega:
Oziq-ovqat mahsulotlari va hayvonlar – 2,7 mln. АQSh dollari;
Kimyoviy mahsulotlar – 2,1 mln. АQSh dollari;
Xizmatlar – 1,3 mln. АQSh dollari;
Mashina va transport asbob-uskunalari – 914 ming АQSh dollari.






