Oʻzbekiston va Missisipi shtati hamkorligi

Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov 14-fevral kuni Missisipi Qonunchilik palatasi vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
“Bugun Missisipi qonunchilari tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyalar bizning uzoq muddatli munosabatlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi, buyuk Missisipi shtati bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim bosqichdir”,- deya qayd etgan Javlon Vahobov o’z Instagram sahifasida.






