O'zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash

14 iyul kuni "International Hotel in Tashkent" mehmonxonasida O'zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Bosh vazir o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razak Davud, Pokiston Islom Respublikasi savdo - sanoat palatalari Federatsiyasi Prezidenti Mian Nasser Hayatt Maggo va vazirlik va agentliklarning boshqa vakillari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Mehmonlarga mamlakatda biznes yuritish imkoniyatlari va mamlakatning investitsion salohiyati haqida taqdimot materiallari taqdim etildi.
Tadbir yakunida O'zbekiston va Pokiston xususiy sektor vakillari o'z kapitali ishtirokidagi ikkita davlat qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga hissa qo'shish istagini bildirdilar.






