O'zbekiston va Pokiston oziq-ovqat kompaniyalari o'rtasida 10 yillik memorandum imzolandi

Joriy yilning 17-iyul kuni poytaxtdagi International Hotel Uzbekistan mehmonxonasida O'zbekistonning Bonaf kompaniyasi va Pokistonning Shahzad Enterprises & Technologies kompaniyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Eslatib o'tamiz, Pokiston kompaniyasi yurtimizga ikki davlat ishbilarmonlari forumi doirasida tashrif buyurishdi hamda mamlakatimizda har sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholashdi.
Ikki tashkilot o’rtasidagi hamkorlik O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashabbusi hamda ko’magi ostida tashkil etildi. Memorandum o'z ichiga O'zbekistondan Pokistonga muzlatilgan-quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni qamrab oladi. Hamkorlik memorandumining 5 yildan 10 yil muddatgacha bo'lgan davomiylikda bo’lishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, O'zbekistonning Bonaf kompaniyasi meva va sabzavotlarni o'ziga xos ta'mi, shakli va sifatini ma'lum vaqtgacha saqlab qolishni ta’minlovchi muzlatilgan-quritilgan mahsulotlarni yetkazib beruvchi tashkilot hisoblanadi.
Kompaniyada quyidagi mahsulot turlari ishlab chiqariladi:
• Quritilgan sabzi (sariq);
• Muzlatilgan quritilgan lavlagi
• Muzlatilgan quritilgan nok;
• Quritilgan olma;
• Muzlatilgan quritilgan qovun;
• Quritilgan qovoq
• Muzlatilgan quritilgan qulupnay.
Mazkur tashkilotning muzlatilgan-quritilgan mahsulotlari o'zbek meva-sabzavotlarining o'ziga xos ta'mini yilning istalgan vaqtida his etib, iste'mol qilishga imkoniyat yaratadi.






