O’zbekiston va Qozog’iston davlat rahbarlari telefon orqali suhbatlashdilar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev oʼrtasida telefon orqali muloqot boʼlib oʼtdi.
Suhbatda davlat rahbarlari Qozogʼistondagi vaziyatning rivojlanishi, respublikadagi holatni barqarorlashtirish, tez fursatda tinchlik va osoyishtalikni qayta tiklash borasida koʼrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.
Oʼzbekiston yetakchisi Qozogʼistonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini taʼminlash yoʼlidagi saʼy-harakatlarida doimo qoʼllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.






