O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi tovar aylanmasining o'sishi 46 foizni tashkil etdi

2021-yil yanvar-may oylarida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi tovar aylanmasi 46 foizga oshdi va 1,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Qozog'istonning O'zbekistonga eksporti 58,4 foizga o'sdi. Investitsiya, transport va logistika loyihalari amalga oshirilmoqda, yangi havo yo'llari ochilmoqda.

Shuni ham ta'kidlash joizki, Qozog'iston va O'zbekiston xalqaro, mintaqaviy platformalarda bir-biri bilan faol aloqada.