O'zbekiston va Rossiya Federatsiyasi rahbarlarining telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi

O'zbekiston-Rossiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat rahbarlari savdo - iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlanib borayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Prezidentlar Afg'onistondagi vaziyat yomonlashayotgani haqida alohida to'xtalib o'tdilar.
Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari bo'yicha yaqin aloqalar va o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash to'g'risida kelishuvga erishildi.






