O'zbekiston va SAP savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlik

Joriy yilning 16-avgust kuni Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifi arafasida Jidda shahrida Bosh vazir o'rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning SAP savdo vaziri Majid bin Abdulla al-Kasabi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo'yicha istiqbolli chora-tadbirlar, investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'llari, shuningdek, O'zbekiston Rahbarining Saudiya Arabistoniga bo'ladigan tashrifining iqtisodiy kun tartibi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o'zaro manfaatli barcha masalalar bo'yicha yakdil pozitsiya ishlab chiqildi. Kutilayotgan oliy darajadagi tashrif O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi ikki tomonlama keng ko'lamli munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishiga hamda ishbilarmonlik aloqalari rivojlanishiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.