O’zbekiston va Turkiya: Ko’p asrlik tarixga ega qardosh xalqlar

“Bright Uzbekistan” loyihasi asoschisi Davron Abdullaev Turkiya Respublikasi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy munosabatlariga bag‘ishlangan jurnalning yangi soni chiqishi arafasida Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida Davron Abdullaev qardosh Turkiya rahbariyati va xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr toqat va yaratganning o’zi qo’llab quvvatlashini izhor etib, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Tomonlar “Bright Uzbekistan” jurnalining navbatdagi nashrini tayyorlashda olib borilayotgan ishlar to’g’risida muhokama olib bordilar. Shuningdek, muhtaram elchi Olgan Bekarga “Bright Uzbekistan” jurnalining eksklyuziv birinchi soni taqdim etildi.
Uchrashuvda “KOÇ Construction” kompaniyasining Boshqaruv kengashi raisi Yusuf Sarikoch ham ishtirok etdi. Eslatib oʻtamiz, “Bright Uzbekistan” jurnali ikkinchi son Bosh homiysi —“KOÇ Construction”.









