O'zbekiston va Xitoy rahbarlari o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrifi arafasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali suhbat o'tkazdi.

Suhbat avvalida davlatlar rahbarlari yaqinlashib kelayotgan muhim sanalar munosabati bilan iliq tabriklar va eng yaxshi tilaklarni almashdilar: bu yil XXRda Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligi, mamlakatimizda - O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanadi. Rahbarlar ikki do'st xalqqa tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tiladilar.

Suhbat davomida ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Rahbarlar ikki va ko'p tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliy amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar. Xususan, "Bir makon, bitta yo'l" loyihasi doirasida aloqalarni rivojlantirish - ustuvor yo'nalish ekanligi, bu maqsadda O'zbekiston - Qirg'iziston - Xitoy temir yo'lining qurilishi ta'kidlandi.

Suhbat davomida xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlik masalalari bo’yicha, shu jumladan "Xitoy - Markaziy Osiyo" formatida fikr almashildi fikr almashdilar.

Bugun dunyo siyosiy va iqtisodiy rahbarlari tomonidan O'zbekistonga katta e'tibor qaratilmoqda. Eslatib o'tamiz, yaqinda "C5+1" doirasida Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi, mamlakatimizga bo'lgan e'tiborning kuchayishi ijobiy xarakterni o’zida namoyon qiladi. Davlatimiz rahbarining olib borayotgan siyosati tufayli O’zbekiston faqatgina milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, rivojlangan mamlakatlar bilan munosabatlarni kuchaytirishning ustuvor va samarali yo’nalishlarni tanlamoqda.