O'zbekiston va Yakutiya hamkorligi istiqbollari

25-28 may kunlari O'zbekistonda Rossiya elchisi hamda Saxa Respublikasi (Yakutiya) hukumati raisi Andrey Tarasenko boshchiligidagi delegatsiyasi o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tadi.

Rossiya Federatsiyasi elchixonasi matbuot xizmati xabar berishicha, O'zbekistonda tashrif bilan bo'lib turgan Saxa Respublikasi delegatsiyasi Rossiyaning yurtimizdagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Rossiya delegatsiyasining tashrifi dasturi doirasida O'zbekiston qishloq xo'jaligi, bandlik va mehnat munosabatlari, transport, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Rossiya-O'zbekiston mintaqalararo aloqalarini chuqurlashtirish maqsadida Saxa Respublikasiga mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish masalalari, tekstil sohasida hamkorlik istiqbollari, zargarlik sanoati hamda boshqa sohalardagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.