O'zbekiston va YEI vakillari o'rtasida KSHHB yuzasidan sakkizinchi raund muzokaralari bo'lib o'tdi

Toshkentda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari B.Abidov va Yevropa Ittifoqi vakillari savdo masalalari bo‘yicha ishchi guruhi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik (KSHHB) yuzasidan yangi ikki tomonlama bitim loyihasi bo‘yicha sakkizinchi raund muzokaralarini o‘tkazdilar.

Muzokaralarning asosiy mavzulari investitsiyalar va ishbilarmonlik muhitini har tomonlama takomillashtirish edi. Mamlakatimiz umumdavlat imtiyozlar tizimi (GSP+) benefitsiar-mamlakat maqomini olganidan so‘ng, O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada yaxshilangani alohida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘rtasidagi KSHHB bo‘yicha muzokaralarning avvalgi raundi shu yilning fevral oyida videokonferens aloqa shaklida o‘tkazilgan edi.