O'zbekiston - Vengriya startap akseleratsiya dasturi ishga tushirilmoqda

Innovatsiyalar Milliy ofisi Vengriyaning “Startup Campus” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Startap akseleratsiya dasturi” ni ishga tushurmoqda.
Hamkorlikdan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga javob beruvchi akseleratsiya dasturini yo‘lga qo`yish va ishtirokchi kompaniyalarning tashqi bozorlarga chiqishiga yordam berishdan iborat.
Ushbu dastur ikkita yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
Universitet startap akseleratsiya dasturi
dastur Korporativ akseleratsiya dasturi.
Ushbu dastur doirasida 9-20-aprel kunlari “Startap akselerator dasturi” loyihasini rahbari Davron Nuriddinov boshchiligidagi jamoa Vengriya Respublikasiga tashrif buyurdi va u yerdagi Innovatsion eko sistema bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Vengriyaga tashrif davomida akseleratsiya dasturini yurgizish bo`yicha:
Vengriya va Yevropada startaplarning rivojlanish sistemasi;
Yevropa tajribasi va shu kabi analog loyihalar muvaffaqiyat yo`li;
Yevropaning muvaffaqiyatli startaplarini O'zbekistonga transfer qilish;
O'zbek yoshlari tomonidan taklif etilayotgan istiqbolli startaplarga investitsiyalar jalb qilish va Yevropa bozoriga olib chiqish masalalari atroflicha o`rganilib chiqildi.






