O'zbekiston vokzallarida va savdo markazlarida robot qo'riqchisi ishga tushadi

Rossiyada ishlab chiqarilgan robot vokzallar va savdo markazlari kabi odamlarning ommaviy to'planishi joylarida xavfsizlik ekotizimining bir qismi bo'ladi.

Robot qo'riqchisining vazifalari patrul, xodimlar va mehmonlarga video nazoratni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, robot ingliz va rus tilini tushunadi va unga to'siqlarni bartaraf etishga yordam beradigan o'rnatilgan sensorlar tufayli hudud bo'ylab erkin harakatlanadi.

Bunday robot allaqachon Qozog'iston ichki ishlar vazirligida, Germaniya xavfsizlik korxonalarida va Abu Dabi politsiyasida faoliyat yuritmoqda.