O’zbekiston – Xitoy: to’xtatilgan parvozlar qayta tiklanmoqda

Ma’lum qilinishicha, bugun, 10-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent – Pekin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, Xitoyga kirish uchun yo'lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko'p bo'lmagan PZR-test natijasi kerak bo'ladi.

Ekonom-klass uchun chipta narxi 6,7 million so‘mdan boshlanadi. Biznes-klass tarifi chiptasi 13,3 million so‘mga tushadi.

P.S. O‘zbekistondan Xitoyga muntazam aviaqatnovlar 2020-yil 4-fevral kuni koronavirus epidemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.