O'zbekiston-Yaponiya: hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 29 iyul kuni O'zbekiston savdo-sanoat palatasida rais D. Vahabov va "Begim" MCHJ vakillarining Yaponiyaning "Hyogo Prefecture Gulf Development", "Cosmo Beauty Factory" kompaniyalari, Yaponiyaning O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv doirasida "Begim-Yamada" parfyumeriya va kosmetika zavodining ochilishi to'g'risida memorandum imzolandi. Ushbu zavodda Avitsenna kabi Sharq tabiblarining qadimiy retseptlari , Yaponiya va O'zbekistonning noyob o'simliklari , Yaponiyaning "Kaizen" va Sharqining "Avesta" qadimiy falsafalari asosida mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Ochilishi rejalashtirilgan ushbu zavod Markaziy Osiyoda ushbu sohadagi birinchi qo'shma korxona hisoblanadi.






