O'zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP +”ga benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi

O'zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP +”ga benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi

Joriy yilning 10 aprelidan boshlab O'zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi (EI) ning barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv uchun maxsus preferensiyalar tizimi (GSP+) kuchga kirdi, ya’ni O'zbekiston universal preferensiyalar sxemasi (GSP) doirasida benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, bu Yevropa Ittifoqi bilan O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarda muhim bosqich bo'lib, tomonlar o'rtasidagi muloqot va savdo almashinuvlarini yanada chuqurlashtirish imkonini beradi. Ushbu kun, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O'zbekistonda, shu jumladan, mahalliy hokimiyat organlari, biznes hamjamiyati va fuqarolik jamiyati tashkilotlarida ko'plab manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda yangi yo'l boshlanganini taqozo etmoqda. 

2021-yil 9-aprelda Toshkent shahridagi "International" mehmonxonasida, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ishtirokida shu mavzuga bag’ishlangab matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyalari, dipkorpus, xususiy sektor vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy OAV vakillari hamda Blogerlar qatnashishdi.