O'zbekiston yoshlar forumi 2021 - Janubiy Koreyada

O'zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi va Butunjahon yoshlar assotsiatsiyasi vakolatxonasi yoshlar forumini o'tkazdi.
Tadbir doirasida Janubiy Koreyaning Seul, Pusan, Ansan, Inchon, Jeju, Tejon kabi oliy o'quv yurtlarida magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan yosh tadqiqotchilarning g'oyalarini ommalashtirishga qaratilgan ilmiy ishlar taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotlar axborot texnologiyalari, muhandislik, gumanitar fanlar va tibbiyot kabi sohalarni qamrab olgan. Unda O'zbekistonning 17 nafar yosh olimlari ishtirok etdi.
Janubiy Koreyaning turli oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan 100 dan ortiq yoshlar forumda bevosita va videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdilar.
Forumda o'z taqdimotlari bilan ishtirok etgan yoshlar orasida hakamlar hay'ati 4 yo'nalish bo'yicha g'oliblarni aniqladi va ular pul mukofotlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Forumda ishtirok etgan barcha yosh vatandoshlar mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika ichida ham, chet ellarda ham forum va anjumanlar orqali qo'llab-quvvatlash maqsadida yoshlarga qaratilayotgan e'tiboridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Forum yakunlari bo'yicha bunday tadbirlarni muntazam ravishda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.






